Tuxel: "Saul "Chelsi"ning muhim futbolchisi bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2022
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Atletiko"dan ijaraga olingan Saul Niges borasida gapirdi.

"Umid qilamanki, Saul jamoaning asosiy futbolchisi bo'la oladi. "Tottenxem"ga qarshi o'yinda u oldinga katta qadam tashladi va nimalarga qodir ekanligini isbotladi", - dedi mutaxassis klub matbuot xizmatiga.

Oldinroq "Chelsi" ushbu mavsumdan keyin Saulni jamoasiga qaytarib yuborishi borasida xabarlar tarqalgandi. U katta extimol bilan ushbu mavsumni London jamoasida o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal