U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston Saudiya Arabistoni, Xitoy, Tailand bilan bir guruhdan joy oldi

Iskandarov Abdulaziz
23 jan 2025
Avval xabar berganimizdek, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida U-17 Osiyo kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quyida barcha guruhlar aniq bo'lib ulgurdi. Vakillarimiz guruhda Saudiya Arabistoni, Tailand, Xitoy bilan kuch sinashadi. 

"A" guruhi

1. Saudiya Arabistoni

2. O'zbekiston

3. Tailand

4. Xitoy


"B" guruhi 

1. Yaponiya

2. Avstraliya

3. Vetnam

4. BAA


"S" guruhi

1. Koreya Respublikasi

2. Yaman

3. Afg'oniston

4. Indoneziya


D” guruhi

1. Eron

2. Tojikiston

3. O'mon

4. KXDR

Malumot o'rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so'nggi uchta Osiyo kubogida (Hindiston-2016, Malayziya-2018 va Tailand-2023) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025-yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

насрилло
23 jan
Аваз бердикулов Куръани утказса узбекистонда утказса хам булар эканку хаммани овора килмай!!!
Oybek Haydarov
23 jan
Шунда 2урин хам чикади тугрими
REAL MADRID
23 jan
Энг яхши 8 та жамоа эмас, 4 та жамоа ЖЧда иштирок этади, админлар!
Акрамжон Халилов
23 jan
Ана шу мусобақада Европадан скаутлар келади албатта, шунинг учун аввало йўлланмани олиб кейин гуруҳдан чиқа олишса ва ҳеч бўлмаганда 1/4 финалгача етиб боришлари зарур.
БЕК@
23 jan
Демак 2-ўрин ҳам чиқади