UEFA "Chelsi" - "Valensiya" yoshlari uchrashuvi borasida o'z qarorini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
29 fev 2016
UEFA "Valensiya"ning "Chelsi"ga qarshi yoshlar ligasining 1/8 finalidagi hakamning xatosi borasida o'z qarorini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahsning asosiy vaqtida durang (1:1) qayd etilgan edi. Penaltilar seriyasida ispan klubi vakili darvozani aniq nishonga oldi, ammo to'p darvoza ustuni va uning erga tegib turuvchi qismini ushlab turgan temirga tegib qaytgani tufayli hakam bu golni hisobga olmagan.

UEFA qarorni chiqarish uchun "Chelsi" va "Ayaks" o'rtasidagi turnirning 1/4 final uchrashuvini boshqa muddatga surdi, ammo baribir "ko'klar" keyingi bosqichda ishtirok etadigan bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com