"Ular meni 90 daqiqa mobaynida haqorat qilib turdi" - 2 yil oldin Mourino va MYU Turinda kambek qilgandi GALEREYA

Mirjalol Normatov
8 nov 2020
Yodingizda bo'lsa, 2018 yilning 8 noyabr kunida "Manchester Yunayted" Turinda superkambek amalga oshirgandi.

O'shanda 65-daqiqada Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasiga gol urib, hisobni ochgandi.

Albatta, Krishtianu hissiyotga berilib golni nishonlab yuborgani uchun MYU muxlislaridan uzr so'ragandi. Mehmon jamoa sektori uni kechirdi.

Umuman olganda, MYU tartibli o'yin ko'rsatdi. O'sha mavsumda De Xea ko'plab xatolar qilgan bo'lsa-da, Turinda o'zini yo'qotib qo'ymagandi.

Asosiy kulminacion palla 86-daqiqaga to'g'ri keldi. Unda Xuan Mata jarimadan darvozani ishg'ol qilib, tarozi pallalarini teng holatga keltirdi.

Biroq "Yuve" shu goldan keyin ham oldinga o'tmadi va MYUning kichik bosimi davom etaverdi. Dastlabki davrada "Yuve" "Old Trafford"da kichik hisobda g'alabaga erishganidan keyin raqibiga past baho bergan shekilli 89-daqiqada ular ikkinchi golni ham o'tkazib yubordi.

Jarimadan uzatilgan to'p "talpa"ning ichida darvozaga kirib ketdi. Yakunda gol Aleks Sandroga yozildi.

Final hushtagi chalinganidan so'ng esa buni ko'rdik.

Tabiiyki, o'yindan keyingi matbuot anjumanida Jozega savol berildi:

- Mister Joze, nima uchun bunday qildingiz?
- Tribunadagi muxlislar 90 daqiqa mobaynida meni haqorat qilishdi.

"Joze! Sening davring o'tdi. Joze! Sen ketishing kerak. Joze! Futboldan ket. Joze! Futbolni o'ldiryapsan".

Final hushtagidan keyin esa barcha jim. Ularning ovozini eshitgim keldi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Vendietto
8 nov 2020
Rostan yomon qigandi Joze. 2010 yil Inter bilan Barsadan o'tganidan keyin Kamp Nouda jinnilaganam shu bo'ladi
Azizbek Rustamovic
8 nov 2020
Mourga o‘yindan oldin ortiqcha gapirib bo‘lmaydi
Muzrobshoh
8 nov 2020
)))))) Жинни бу
Ballack_13
8 nov 2020
Shu Mourdan Qiziqarli Gaplar Chqadide
Leicester City
8 nov 2020
Shomurodovsiz Jenoa-Roma o'yinini kimga qizigi bor. Buyoqda Lester-Wolves o'yini turganda. Shomurodov tushganda maylidi. Lekin yo'qku.