Umtitining agenti PSJ va "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar o'tkazdi

Alisher
5 avg 2019
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti shu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Agent allaqachon "Manchester Yunayted" hamda PSJ klublari vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Eslatib o'tamiz, himoyachi yakunlangan mavsum jarohati bois asosiy tarkibdagi o'rnidan ayrilib qoldi va u jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.

25 yoshli futbolchi faoliyatini "Lion"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Barselona" 2016 yilda Fransiya terma jamoasi himoyachisini o'z tarkibiga qo'shib olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS