Vakcina olishdan bosh tortgan Kimmix koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
24 noya 2021
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix koronavirusga chalindi.

"Bild" xabariga ko'ra, futbolchi koronavirusga ijobiy test topshirgan. Eslatib o'tamiz, futbolchi noyabr oyining boshlarida vakcina olishdan bosh tortgani uchun klub tomonidan jazolangandi.

Germaniya termasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning aytishiga ko'ra, futbolchi ushbu kasallikni engib o'tganidan keyin vakcinaciya qilinadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild