Van Bronkxorst "Reynjers" bosh murabbiyi etib tayinlanishga yaqin

Alisher
18 noya 2021
"Guanchjou Siti" va "Feyenoord" sobiq bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst "Reynjers"ni qabul qilib olishga yaqin.

Oldinroq 46 yoshli niderlandiyalik Glazgo klubida o'yinchi sifatida ishtirok etgan.

Van Bronkxorst yaqinda "Reynjers"da "Aston Villa" bosh murabbiyiga aylangan Stiven Jerrardning o'rnini egallaydi.

"Reynjers" Shotlandiya chempionatida 13 turdan so'ng "Seltik"dan 4 ochko ilgarilab ketgan holda yetakchilik qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports