Venger: "Liverpul" APL chempionligi uchun imkoniyatlardan mahrum bo'ldi"

Alisher
15 fev 2021
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

"Liverpul" Angliya chempionligi uchun imkoniyatlardan ayrildi deb o'ylayman. "Manchester Siti" olg'a qadar tashlamoqda va bitta zaxira o'yiniga ega. Qolgan vaqt davomida bunday katta farqni yo'qqa chiqarib bo'lmaydi.

Bunga ishonmayman. Bundan tashqari, Gvardiola jamoasi hozirda fantastik formada", - deydi fransiyalik mutaxassis.

"Manchester Siti" 53 ochko jamg'argan holda Angliya chempionatida ishonch bilan yetakchilik qilmoqda. "Liverpul" esa "shaharliklar"dan 13 ochko ortda va 4-o'rinni egallab turibdi.


AlisherMuallif
Manba: beIN Sports