Veynaldum PSJ haqida: "Gvardiolaning "Barselona"sidek barchani engadigan jamoada bo'lishni xohlayman"

Alisher
14 sen 2021
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum Parij klubining maqsadlari haqida gapirdi.

"Bunday katta hajmdagi loyihada ishtirok etish - bu erga kelishimning sabablaridan biri. Eng muhimi. Barcha buyuk o'yinchilarning shu yerda ekanligini hisobga olsak, insonlar faqat Chempionlar Ligasi haqida gapirishadi. Men barchasini yutish uchun keldim.

Tushunarliki, Chempionlar Ligasi - qiyin musobaqa, klub hali uni yutmagan. Bu menga ligadagi "Liverpul"ni eslatmoqda - jamoa APL tashkil etilgandan buyon titul yutmagandi. Bu yerda ham shunga o'xshashdek.

Bundan tashqari boshqa turnirlarni inkor qilmaslik kerak. Chempionlar Ligasi nima? 13ta o'yin? Mavsumda 13tadan ortiq o'yin bor. Men Gvardiolaning "Barselona"sidek barchani engadigan jamoada bo'lishni xohlayman", - deydi Veynaldum.


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com