Vinisius Mbappening "Real"ga o'tishi haqidagi postga layk bosdi

Alisher
4 fev 2024
"Real" hujumchisi Vinisius Junior PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga ehtimoliy o'tishi haqidagi postga munosabat bildirdi.

25 yoshli francuzning ehtimoliy transferi haqidagi post Sneaker Shopping shousining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida chop etildi.

"Sneaker Shopping'ning ikki afsonasi tez orada "Santyago Bernabeu"da birlashadi", - deya Mbappe va Vinisiusning akkauntlari qayd etilgan postda.

23 yoshli braziliyalik ushbu postga layk qo'ygan.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia