Vircdan voz kechgan “Man Siti“ning yozgi transfer maqsadi ma'lum

Khoja
21 may 2025
Florian Virc bilan kelishuvga erisha olmagan “Manchester Siti“ning yozdagi transfer maqsadi o'zgardi.

“Shaharliklar“ “Nottingem Forest“ yarim himoyachi Morgan Gibbs-Uayt bilan shartnoma tuzishni reja qilishgan. “Manchester Siti“ Gibbs-Uaytni mavsum oxirida jamoani tark etadigan Kevin De Bryuyne o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. O'z o'rniga “Nottingem“ ECHL yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, yetakchisini yaxshi summaga sotishni reja qilgan.

Yarim himoyachi joriy mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com