Vitaliy Levchenko: "Jasur Jaloliddinov haqidagi xabarni Championat.asia saytida o'qidim"

Mirjalol Normatov
15 aug 2024
Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- "Metallurg" jamoasi bugun yaxshi o'ynadi va g'alabaga harakat qildi. Jamoaning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqsak, bu tushunarli. Birinchi bo'limda kam vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz kuchaydi, biroq so'ngi zarbalarda aniqlik va omad etishmadi. Mezbonlar gol urish uchun oxirgi daqiqalargacha harakat qilishdi. Yigitlar tartibli himoyalanishdi. 

- O'yinning 18:00da boshlanishi jamoangizga qanchalik qiyinchilik tug'dirdi? 

- Har ikki jamoaga ham qiyin bo'lgani aniq. Bilishimcha, o'yin translyaciyasi sabab shunday qarorga kelingan ekan. Issiq ob-havoda maydonda yugurish oson emas. Bu futbolchilarning tezligiga tasir qiladi, maydonda o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish etib berishlarida qiyinchilik tug'diradi. 

- Xusayn Norchaev nega maydonga tushmayapti? 

- Norchaev Olimpiada o'yinlaridan so'ng biz bilan mashg'ulotlarda to'liq qatnashmadi. Tibbiy ko'rikdan o'tgan, davolanishi kerak ekan. O'yin amaliyoti kam bo'lgan holatda uni maydonga tushirish noto'g'ri bo'ladi. 

- Jasur Jaloliddinovchi? 

- Jasur Jaloliddinov haqidagi xabarni Championat.asia saytida o'qidim. Bu savol klub rahbariyatiga berilsa, to'g'ri bo'lardi. 

- Mavsum boshida "Neftchi" chempionlik uchun kurashishi aytilgandi, ammo ko'plab mag'lubiyatlardan keyin rahbariyat sizga ishonch bildirishda davom etarmikin? 

- Hech kimni xafa qilmaslik uchun, bu savolni javobsiz qoldiraman.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Кодиржон Жалилов
15 aug 2024
Бу саволга нефтчи мухлислари уйин охирида жавоб беришди левченко АУТ деб
Абдугаффор . N
15 aug 2024
Рахбарият узи хохламади шекили чемпионликни
Dilmurod Umarov
15 aug 2024
Championat asia xodimlari ham eshitdikda deb mahallaning xotinlaridan eshitgan gaplarini yozishganda saytga
Ya Bolelshik
15 aug 2024
Oxirgi savol og'ir botadigan savol bo'pti, bosh murabbiyga bunaqa savol bersangiz keyingi o'yin natijasiga ta'sir qoladi, yana yomonlashib boraveradi. O'tgan o'yinda Dinamoni qanday kuch bilan 3:2 ga yutgani muxlislarni yodidan tez ko'tarilibdi, shekilli
nerazzuri
15 aug 2024
Левченко борини беряпти нима у маглуб булиш учун майдонга туширяптими балларди.