Xamann: “Gvardiola jamoalari 2-3 yil yorqin ko'rinadi, “Man Siti” undan boshqa har qanday murabbiyni allaqachon haydab yuborardi”

Eldor Akmurzayev
5 nov 2020
Germaniya termasi sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann Pep Gvardiola joriy mavsum yakunidan keyin “Man Siti”ni tark etishiga ishonchi komil.

“Bu uning “Man Siti”dagi oxirgi mavsumi bo'lishini taxmin qilmoqdaman. U jamoada nomi va obro'si tufayli ishlab kelmoqda. O'tgan mavsum Chempionlar Ligasidagi “Lion”ga uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan keyin “Man Siti” undan boshqa har qanday murabbiyni allaqachon haydab yuborgan bo'lardi.

Gvardiola kamdan-kam joyda uch mavsumdan ko'p ishlamaydi. “Bavariya” futbolchilarining gaplari esimda. Gvardiola bilan uch yillik hamkorlikdan so'ng, ular murabbiyning talablaridan butunlay charchaganliklari haqida aytishgandi. O'ylashimcha, Gvardiolaning jamoalari 2-3 yil yorqin ko'rinadi. Shu sabab katta o'zgarish bo'ladi deb hisoblamayman”, deydi Xamann.

Eslatib o'tamiz. Pep 2016 yildan beri "shaharliklar"ni boshqarmoqda.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: Bild

Izohlar

CH E L S E A
7 nov 2020
Tög'ri
Mirg'olib
5 nov 2020
Gvardiolani uslubini bitta kamchiligi ijrochilar mukkamal darajada bulishi kerak....Vaziyatga qarab uynash u uchun unchalik muhim emas,unga uslubni har qanday jamoaga har vaqtda qo'llash muhim...Shuning uchun kuchli qoqilish bulib turadi.
Alhamdulillah_10
5 nov 2020
Гапларида жон бор лекин...
Beckham number 1
5 nov 2020
Gvardiolani mashhur qilgan messi iniesta xavi va usha paytdagi barca barcadan ketib Chlni umuman yutolmadi bu masxarabozni qo'lidan hech nima kemiydi oldinam aytkanman buni qo'lidagi tarkibni Mirjalol qosimov ham chempioni qiladi hech bumaganda kuchliy to'rtlikda olib yuradi
Mexa vlogs
5 nov 2020
3.ta bir hil tarkib kimda boor? Albatta M.sitida bor.
Dilshodbek2424
5 nov 2020
Pep gvardyo'lani menga 1ta kaktikasi yoqmaydi to'pni bir biriga oshiraveradi
Dilshodbek2424
5 nov 2020
Pep gvardyo'lani menga 1ta kaktikasi yoqmaydi to'pni bir biriga oshiraveradi
Dilshodbek2424
5 nov 2020
Pep gvardyo'lani menga 1ta kaktikasi yoqmaydi to'pni bir biriga oshiraveradi
MadridisT
5 nov 2020
Pepni darajasini bilish uchun uni kuchsiz va moliyaviy jihati o'rtacha klubni boshqarganini ko'rish kerak..
Shox ManYu N_1
5 nov 2020
Pep uchun ideal klub bu Barsa
Ko'proq ko'rsatish