Xavi Levandovski bilan shartnoma imzolanishiga ishonchi komil

Alisher
15 iyun 2022
"Barselona" ustozi Xavi Robert Levandovskining "Bavariya"dan transfer qilinishini kutmoqda.

Mutaxassis bitim amalga oshishiga ishonchi komil. Xavi polshalik futbolchi jamoaga 11 iyulgacha qo'shilishini mo'ljallamoqda. Aynan shu kuni "ko'k-anorranglilar" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashadi.

Robert Levandovski "Barselona"ga o'tishga qattiq ahd qilgan.

Futbolchi "Bavariya"ga 2014 yildan kelgan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS