“Xush kelibsan chempion”. Iguain Mayamiga yetib bordi

Hujumchi Gonsalo Iguain Mayamiga uchib bordi va yaqin vaqt ichida “Inter Mayami” klubi bilan shartnoma tuzadi.

“Chempion va jahon darajasidagi hujumchi Gonsalo Iguainga xush kelibsan deymiz”, deya  Tvittyerdagi sahifasida post qoldirdi futbolchini aeroportda kutib olgan klub boshqaruv kengashi a'zosi Xorxe Mas.

Ilgariroq Iguain “Yuventus” bilan kelishuvni bekor qilib, erkin agent sifatida AQSH klubi safiga kelib qo'shilishi xabar qilingandi.

32 yoshli hujumchi “Yuventus” safida 149 ta uchrashuvda maydonga tushib, 66 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Keksa senora” safida u uch karra Italiya chempioni va ikki bor mamlakat kubogida g'olib chiqdi. 

Futbolchining yangi klubi bilan shartnomasi 2021 yilgi mavsum so'ngiga qadar  tuzildi. Transfermarket nashri uning narxini 15 million evroga baholagan. Hujumchiga shuningdek, “Nyukasl” va “Fulxem” klublari ham qiziqish bildirishgandi.


Manba: championat.com