Yorqin Nazarov Germaniyadagi Xalqaro murabbiylik kurslarida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
7 aug 2015
Germaniya Futbol ittifoqi (DFB) 2015 yil 7 sentyabrdan 25 sentyabrgacha Hennef shahridagi sport maktabida o'zining ananaviy Xalqaro murabbiylik kurslarini tashkillashtiradi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan mazkur kurslar ingliz tilida olib boriladi. Seminarlar mazmunan DFB tomonidan beriladigan A va "B kategoriyali licenziyalarga mos keladi va futbol nazariyasi va amaliyotining turli aspektlarini o'z ichiga qamrab oladi. Germaniya Futbol ittifoqi (DFB) har yili butun dunyodan 30 nafar murabbiyni ushbu kurslarga taklif qiladi va ularni Milliy futbol federaciyalari bilan hamkorlikda tanlab oladi.

Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekistondagi elchisi Naythart Hyofer-Vissing 2015 yil 6 avgust kuni Bunyodkor futbol akademiyasi murabbiysi Yorqin Nazarovni qabul qildi. U DFBning joriy yildagi Xalqaro murabbiylik kurslarida O'zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Yorqin Nazarovni muzkur kurslarda ishtirok etishi bilan tabriklar ekan, elchi sport sohasining Germaniya va O'zbekiston o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim o'rin tutishini takidlab o'tdi va Hennefdagi murabbiylik kurslarida oladigan bilimlari murabbiyga O'zbekistonning bo'lajak futbol yulduzlarini tayyorlashda samaradi yordam berishiga umid bildirdi.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Kokand city
7 aug 2015
Yorqin aka nazarovni uqishni muvaffaqiyatli yakunlab yurtimizning kuchli murabbiylaridan biri bulishlarini va kelajakda tirishqoq shogirdlarni uzbekiston turli terma jamoalariga etishtirib beradilar deb umid qilamiz
maxkamjon
7 aug 2015
Еркин ва Дилмурод Назаровлар жуда чаккон хужумчи булганлар, узларига ухшаган уйинчилар тарбиялашида ушбу тажрибалар аскотади албатта. Укишларига муваффакият.
jizzax_so'g'diyona
7 aug 2015
Ёркин сиздан илтимос уша укитаётган немис мутахасисларидан бирини бирга опкелин.