Yorqin Nazarov: "To'g'ri yo'ldan ketyapmiz"

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2023
Bugun "So'g'diyona" "Andijon"ga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashib, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov jamoaning "Andijon"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan keyin fikrlarini bildirdi.

- Jamoa o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- Avvalo, bu o'rtoqlik o'yini ekanligini inobatga olish lozim. Kecha ikki mahal shug'ullangandik. Bu o'yinda jarohat bo'lmasligi kerak edi. Shunchaki chiziqlarni bir-biriga bog'lab oldik, to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. 

O'yindan qoniqdim. Natijaga qarash yo'q. Hozir kim qayerda o'ynashini hal qilib olyapmiz. Birinchi bahs uchun ancha yaxshi ko'rindik.  

- Yangi kelgan futbolchilarning o'yini borasida qanday fikrdasiz?

- Bir himoyachimizda o'yin amaliyoti bo'lmagani bois uni ikki taym o'ynatdik. U yaxshi darajadagi futbolchi, sport formasi tiklanishini taminlashimiz kerak. Hujumchimiz ham yaxshi saviyadagi o'yinchi ekanligi ko'rinib turibdi. Yangi kelgan legionerlar harakatlaridan qoniqyapman.

- Oldindagi rejalar qanaqa?

- Oldingidek, yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilish. 

- Yana nazorat o'yinlari va xorij yig'ini bormi?

- Yana nazorat uchrashuvlari bor. Toshkentdagi Superliga jamoalariga qarshi bahslarimiz bor. Keyin 27 yanvarda Turkiyaga uchib ketamiz va o'sha yerda xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushamiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia