"Yozda Lyov "Real" bosh murabbiyiga aylansa hayron qolmayman"

Aziz Tukhtamuradov
20 yanv 2019
"Real"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Bernd Shusterning fikricha, yozda "Qirollik klubi"ga Yoaxim Lyov bosh murabbiy etib tayinlanadi.

"Agar yozda Lyov "Real"da ish boshlasa hayron qolmayman. Bu mavzuda klub prezidenti Florentino Peres bilan ham gaplashgandim. Ushbu mavzuni ochganimda u menga ajablanib qaradi. Ammo, "Real"da germaniyaliklarni qadrlashlarini men yaxshi bilaman. Biz u yerda yaxshi ishlaganmiz", - dedi Shuster.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca