Yungberg: "Arsenal"da nima qilishni yaxshi bilaman"

Mirjalol Normatov
1 dek 2019
"Arsenal"da bosh murabbiylik vazifasini bajaruvchi Freddi Yungberg jamoadagi maqsadlari haqida gapirdi.

"Katta o'zgarishlar qilmayman. Hech kimni sindirishni ham istamayman. Ammo hozirda men "Arsenal"da nima ishlar qilishim tasavvurimda turibdi. Jamoaga yordam berish, atmosferani yaxshilash uchun men bu erdaman. Ayni damda xotirjamman, qolganini keyinchalik vaziyatga qarab, ish tutamiz", - dedi Yungberg.

Ayni damda "Arsenal" 19 ochko bilan 9-o'rinda ketmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC