Yungberg kelajagi borasida qarorga keldi

Mirjalol Normatov
23 dek 2019
"Arsenal"ning yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta murabbiylar shtabida Freddi Yungbergning qolishiga rozilik berdi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, Freddidan tashqari Stiv  Raund ham "Arsenal" murabbiyi bo'ladi. Stiv bunga qadar "Manchester Yunayted" va "Everton" kabi jamoalarda ishlagan.

Eslatib o'tamiz, Unai Emeri iste'foga chiqarilganidan keyin Freddi "Arsenal"ni vaqtinchalik boshqarib turdi. Uning qo'l ostida jamoa 6 o'yindan bittasida g'alabaga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail