

77 yoshli mutaxassis Dyusseldorfda yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli davolandi va jarrohlik amaliyotidan 2 hafta o'tib, intensiv terapiya bo'limiga olindi.
“Hayotimdagi eng yomon davr. Uxlay olmayotgandim. Og'riqlar oqibatida o'laman deb o'ylagandim. Barcha shifokorlar va xodimlar, meni atrofimda bo'lganlarga minnatdorchilik bildiraman”, deydi Xaynkess.
Eslatib o'tamiz, Yupp Xaynkessning oxirgi ish joyi 2018 yil “Bavariya” bo'lgan. U 2012/13 yilgi mavsum myunxenliklar bilan, 1997/98 yilgi mavsumda esa madridliklar bilan YCHL g'olibligini qo'lga kiritgan.



