"Yuve" "Fiorentina" bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Mottani istefoga chiqarishi mumkin. Manchini o'rinbosarlik uchun asosiy nomzod

Omonjon To`xtamirzayev
13 mar 2025
"Yuventus" ustozi Motta istefoga chiqarilib, uning o'rniga Roberto Manchini tayinlanishi mumkin.

Tiago Motta "Fiorentina"ga qarshi o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, istefoga chiqarilishi mumkin. Ishdan bo'shatilgan taqdirda, ikkita variant ko'rib chiqiladi: vaqtinchalik yoki doimiy murabbiyni tayinlash.

"Byankoneri" yoshlar jamoasida ishlaydigan Franchesko Manyanelli bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda. Mutaxassis avvalroq Massimiliano Allegri boshchiligidagi bosh jamoa shtabida ishlagan.

Doimiy murabbiy bo'lish variantlari orasida Italiya terma jamoasi va "Manchester Siti"da ishlagan Roberto Manchini favorit hisoblanadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasining sobiq murabbiyi bilan allaqachon aloqalar o'rnatilgan.

Manchini boshqa barcha nomzodlardan oldinda, ular orasida Jan Pero Gasperini, Xavi, Antonio Konte va Igor Tudor bor.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: tuttosport.com

Izohlar

Fc Milan20
13 mar
Demak o'sha o'yinda Yuventus mag'lubiyatga uchrash ehtimoli katta. Chunki Atalanta bilan o'yinda Yuventus futbolchilari umuman harakat qilishmadi. Mavsumdagi hech qaysi o'yinda Yuventus bunaqa ojiz ko'rinmagan edi. Bo'lmasa Atalanta bilan o'yinga qadar ketma-ket g'alabali seriya qayd etayotgan jamoa edi. Nimaga buncha o'zgarib qoldi deb hayron qolgandim. Rahbariyat va ayrim futbolchilar o'zaro Mottani ketkazishga kelishishdimikan. Chunki ketkazishga ham arzirli sabab kerakda
juve&neftchi
13 mar
Конте яхши вариант.
Zohid Sheraliev
13 mar
немис мураббийни олиб келиш керак..италиян мураббийлар керак эмас,,куркок тактикаларидан зерикдик