“Yuventus” Kuadradoning transferini e'lon qildi, Xuanning bahosi 20 “limon”

Aslanov Jasurbek
23 may 2017
Italiya chempionlari “Chelsi” yarim himoyachisi uchun 20 mln evro to'lashadi.

Shu kungacha futbolchi turinliklar safida ijara asosida to'p tepib kelayotgandi.  

Shartnomada “Yuventus” Kuadradoning transferini 20 mln evroga sotib olishi mumkinligi haqidagi band bor edi. Skudetto sohiblari bu imkoniyat va imtiyozdan foydalanib qolishdi.


Endi “Yuventus” ushbu summani 3 yil mobaynida to'lab boradi. Kuadrado bilan bilan esa 2020 yilning 30 iyunigacha bo'lgan shartnomaga imzo chekildi. 

Ma'lumot uchun, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi, 6 ta golga hammualliflik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com