"Yuventus" so'nggi yillarda kimlarni tekinga olganini bilasizmi?!

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2018
Kecha "Yuventus" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Emre Jan bilan kelishib olgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Unga ko'ra, "keksa sinoralar" Jan uchun hozir 5-6 mln evro to'lamoqchi emasliklari va yozgacha kutmoqchi ekanliklari aytilgan. Jan yozda erkin agentga aylanadi. Biz esa "Yuventus" oxirgi yillarda tekinga qo'lga kiritgan o'yinchilarni keltirib o'tamiz.

"Yuventus"ga tekinga o'tgan futbolchilar:

2009: Fabio Kannavaro
2011: Andrea Pirlo
2012: Pol Pogba
2013: Fernando Lorente
2014: Kingsli Koman
2015: Sami Xedira
2016: Dani Alvesh
2018: Emre Jan...


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia