

Football Italia nashrining ma'lum qilishicha, Italiya va Fransiya klublari Ramos bilan bo'layotgan voqealarni sinchikovlik bilan kuzatmoqda va yozda u bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi. Ramos madridliklar safida yiliga 12 million evro oladi va uning shartnomasi yozda yakunlanadi. Biroq Ramos kamaytirilgan oylikka ham Madridda qolishga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi.
U Qirollik klubi safida 2005 yildan beri harakat qilib keladi va Madridlik bilan 22 ta sovrin yutishga erishgan.



