Zammer: "Bavariya"ning asosiy maqsadi - Bundesligada g'alaba qozonish"

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2015
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammer jamoaning yangi mavsumdagi maqsadini ma'lum qildi.

"Bundesliga tarixida hech bir klub ketma-ket to'rt marotaba chempion bo'lmagan. Bu biz uchun juda ajoyib natija bo'lar edi. Chempionatdagi g'alaba - birinchi darajali maqsadimiz. Chempionlar ligasi va Germaniya Kubogidagi muvaffaqiyat ko'p narsaga bog'liq. Agar har birimiz o'z ishimizni yaxshi uddalasak, sovrinlar bizni kuttirib turmaydi" - deydi Zammer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com