Zayniddin Tojiev: "Yigitlarda o'zlariga ishonch yetishmadi"

Administrator
23 apr 2025
O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Zamin" - "Qizilqum" (0:3) uchrashuvidan mezbonlar bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- "Qizilqum" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz tarkibi yosh futbolchilardan iborat, shu bois ularda o'zlariga ozroq ishonch yetishmadi. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'zlarini to'liq ko'rsata olishmadi. Oldinda imkoniyatimiz bor, xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Jamoangiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?

- Shunday desa ham bo'ladi.

- Kubokdagi maqsad qanday?

- So'nggi turda g'alaba qozonib, guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia