

"RB Sport" xabariga ko'ra, kelishuvni yakunlash uchun boshqa hech qanday to'siq yo'q.
Bonuslar bilan birga transfer summasi taxminan 3 million evroni tashkil qiladi. Yaqin kunlarda transfer rasman yakunlanishi kutilmoqda.
27 yoshli Zaynutdinov allaqachon Rossiya futboliga yaxshi tanish - u avval "Rostov" (35 o'yin) va SSKA (83 o'yin) jamoalarida o'ynagan. "Beshiktosh"da jarohati tufayli o'tgan mavsum atigi 9 ta o'yinda maydonga tushdi.



