JCH-2014 stadionlari. “Estadio Kastelan” (Fortaleza)

Narzulla Saydullayev
25 may 2014
2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar San Paulu shahridagi “Arena de Korintians” va Natal shahrida barpo etilgan “Arena das Dunas” stadionlari haqida ma'lumot bergandik.

Navbat “Estadio Kastelan”ga yetib keldi.

“Estadio Kastelan”ning qurilishi 1969 yil boshlangan va 4 yildan so'ng foydalanishga topshirilgan. Stadiondagi dastlabki rekonstrukciya ishlari Braziliya hali JCH-2014 mezbonligini qo'lga kiritmasidan oldin, 2001 yilda boshlangandi. 2010 yildan boshlab rekonstrukciya ishlari ancha jadallashgan. Rekonstrukciyaning qiymati taxminan 250 million dollarga baholanmoqda. Stadion Seara shtatiga tegishli.



To'liq nomi: "Estádio Plácido Aderaldo Castelo"
Stadion qurilgan: 1973  yil 11 noyabr
Stadion egasi: Seara shtati
Stadion sig'imi: 67 037
Maydon uzunligi: 110x75
Stadion rasmiy sayti: arenacastelao.com



Qizilqarli faktlar
Ushbu stadionga tashrifning rekord miqdori futbol o'yini vaqtida qayd etilmagan. Rim Papasi Ioann Pavel II ishtirokidagi tadbirda kuzatilgan - 120 ming odam.

Ushbu stadionda eng ko'p golni Jeraldino Sarava urgan. Bu futbolchi aynan shu stadionda jami 98 ta to'p kiritgan.

Stadion ichida Searaga bag'ishlangan futbol muzeyi mavjud.

Barcha xohlovchilar stadion bo'ylab virtual sayohat qilishlari mumkin.

“Estadio Kastelan”da Konfederatsiyalar kubogi-2013ning uchta o'yini bo'lib o'tgan: Braziliya – Meksika (2:0), Nigeriya – Ispaniya (0:3) va yarim finaldan o'rin olgan Ispaniya – Italiya (0:0, penaltilar seriyasida 7:6).



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
14 iyun

Urugvay – Kosta Rika

17 iyun
Braziliya – Meksika

21 iyun
Germaniya – Gana

24 iyun
Gretsiya – Kot D’Ivuar

29 iyun
1/8 final  (B1 – A2)

4 iyul
1/4 final



Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia