Joze Mourinyo: Chelsi Terri bilan shartnomani uzaytiradi

Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa sardori Jon Terri klubda qolishini ta'kidlab o'tdi.
Jon Terri yuzida tabassum bilan bizning qoidani qabul qiladi. Biz unga har yili bir yilga shartnomasini uzaytirish taklifi chiqyapmiz. Terri bu mavsumda bizning ishonchimizni oqladi va yana bir yilga jamoada qolishga haqli ekanligini isbotladi. U bilan o'rtadagi kelishuvni yana bir yilga uzaytiramiz. Jon Terri ham, klub ham bundan juda xursand.

Manba: sports.ru