Zlatan Ibragimovich: "JCH-2018? Xohlasam, o'sha yerda bo'laman"

Tolibjon Qosimov
2 mar 2018
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Jahon chempionati-2018da ishtirok etish uchun terma jamoadagi faoliyatini tiklashi mumkinligiga ishora qildi.

"Terma jamoani sog'inaman. Ko'ramiz, nima ro'y berarkin. Bu qiyin savol. Men yaxshi o'yin ko'rsatayotganimni his qilishni istayman. Rossiyaga mundialda shunchaki ishtirok etish uchun yoki kimdir bo'lganim uchun borishni xohlamayman. Lekin, eshik yopiq emas. Siz jamoada 20 yil o'ynab undan ketsangiz va u yerda boshqalar o'ynayotganini ko'rish oson emas. Ammo, men oldin maydonga tushishni boshlashim kerak. Klub uchun o'ynay olmayotganingda terma jamoaga e'tibor qaratish kerak emas. Lekin, hamma bu haqda gapirishni boshlaganida o'zimni tirik his qildim", - dedi Ibragimovich.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ESPN