“Zomin” jamoasi ikkinchi yig'inini Toshkentda davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
3 mar 2021
Xabaringiz bor, Jizzax viloyatining “Zomin” jamoasi bu yilgi mavsumda O'zbekiston Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etadi.

Jamoa ikkinchi yig'inini 1 martdan boshlab Toshkent shaxrida tashkil qildi. Poytaxtda tashkil qilishdan maqsad PRO-Liga va O'zbekiston Birinchiligida ishtirok etadigan jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarni tashkil qilish hamda jamoaga tajribali futbolchilarni jalb qilishdir.

Klub birinchi o'rtoqlik uchrashuvini 5 mart kuni Toshkent shaxrida “Oq-tepa” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Xozirgi vaqtda jamoa bir nechta jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarni tashkil qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.

“Zomin” PFK matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia