17 yillik faoliyatdan keyin Saul "Atletiko"dan ketdi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2025
Saul Niges "Atletiko"dan ketdi.

Madrid klubi matbuot xizmati futbolchi bilan shartnoma bekor qilinganligini yozib o'tdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Saul "Flamengo"ga o'tadi.

30 yoshli futbolchi 2008 yildan buyon "Atletiko" tizimida bo'lib kelayotgandi. U "matraschilar" tarkibida umumiy hisobda 427 o'yinda qatashib, 48 gol hamda 26 assist qayd etgan va 6 sovringa ega chiqqan.

O'tgan mavsumni u "Sevilya"da ijarada o'tkazgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com