40 yoshli Kabalero APLga qaytishga yaqin

Eldor Akmurzayev
6 dek 2021
“Chelsi” va “Man Siti” sobiq kiperi Villi Kabalero erkin agent sifatida “Sautgempton"ga o'tishi kutilmoqda.

Jamoa 40 yoshli argentinalik bilan 1 oylik shartnoma imzolaydi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Qisqa muddatli kelishuvga “Sautgempton”ning asosiy darvozabonlari jarohat olgani sabab bo'lgan: 33 yoshli Freyzer Forstyerdan so'ng, 32 yoshli Aleks Makkarti ham jarohat oldi va u kamida 2 hafta lazaretda qoladi.

Uchinchi kiper 23 yoshli Xarri Lyuis esa APLda hali birorta ham o'yin o'tkazmagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail