A Seriya grandi yanvardayoq Azmunni transfer qilmoqchi

Eldor Akmurzayev
11 yanv 2022
Bu haqda insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Yuventus” “Zenit” hujumchisi Sardor Azmun uchun kurashga qo'shildi. Turinliklar jarohat olgan Federiko Kezaning o'rnini to'ldirish maqsadida yanvardayoq Azmunni o'z safiga qo'shib olmoqchi. “Yuve” ustozi Massimiliano Allegri shu masalada klub rahbariyati bilan uchrashgan.

Di Marcioning manbasi bo'yicha, “keksa senora” mazkur transferni amalga oshirish ehtimoli yuqori, eronlikning transferiga katta mablag' kyetmaydi va turinliklar ayni vaqt Yevropa Ittifoqidan bo'lmagan futbolchini qaydnomadan o'tkazish huquqiga ega.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com