Adama Traore "Vulverxempton"ni APLda olib qolish uchun kurashadi

Mavsum so'ngida klub bilan shartnomasi tugashiga qaramay, Adama Traore jamoasini yuqori ligada qolishi uchun yordamlashadi.

Bu vazifa bajarilgachgina u o'zining kelajagi haqida o'ylashi mumkinligini aytib o'tdi. 26 yoshli vinger Xulen Lopetegi qo'l ostida "Vulverxempton"ni quyi ligaga tushib kyetishdan saqlashda ko'mak berganidan keyin biror payt klub ierarxiyasi bilan u bilan yangi shartnoma borasida gaplashishi mumkinligini bildirdi.

U shunday dedi: “Menimcha, hamma mening shartnomam haqida so'rayapti. Men uchun hozir jamoaning o'sishiga yordam berish hamma narsadan muhim va keyin nima bo'lishini ko'ramiz.

Muxlislar vaziyatni, bosimni va parda ortidagi voqealar haqida bilmaydi. Ular nima bo'layotganini ijtimoiy tarmoqlardan kuzatishadi. Ularning bazilari soxta bo'lib chiqadi. Muxlislar uchun eng muhimi OAVda chiqayotganlarning qaysilari haqiqat emasligini tushunish va bazan futbolchilarni tinglash.

Futbolchilar bosimni boshqacha qabul qilishadi. Men uchun bu ishining bir qismi. Men futbolchi bo'lishdan zavq olaman. Maydonda bo'lish va o'yindan zavq olish uchun ko'p mexnat qilaman.

Men bosimni yaxshi ko'raman. Odamlarning haq emasliklarini isbotlashni yaxshi  ko'raman.

Shartnoma masalasi… Bu klubga bog'liq. Klub men bilan bu borada gaplashib olishi kerak. Gaplashib olgach nima bo'lishni ko'ramiz”.

Adama Traore o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini bolalikdagi jamoasi "Barselona"da ijara asosida o'tkazdi. O'sha paytda unga "Tottenxem"dan qiziqish bo'layotgan edi.


Manba: Sky Sports