

Taqvimga ko'ra, 13 may sanasida esa 8-turning AGMK – “Bunyodkor” uchrashuvi bo'lib o'tishi belgilangan.
AGMK jamoasi Saudiya Arabistonidan O'zbekistonga kech qaytganini inobatga olib, AGMK jamoasi “Bunyodkor”ga qarshi o'yinni 14 may sanasiga ko'chirishni so'rab murojaat qildi. O'z navbatida “Bunyodkor” ham mazkur taklifga rozilik bildirgani bois AGMK – “Bunyodkor” uchrashuvi 14 mayga ko'chirildi.



