Alan Shirer: "Amorim bilan barchasi yomonlashdi"

Mirjalol Normatov
23 may 2025
Sobiq futbolchi Alan Shirer "Manchester Yunayted"ning Ruben Amorim davridagi holati haqida gapirdi.

Kecha mankunianlikar Yevropa ligasi finalida "Tottenxem"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Endi Ruben Amorimning klubdagi kelajagi borasida ko'plab savollar tug'iladi. U kelasi mavsum boshigacha jamoadan ketadigan bo'lsa ham ajablanmayman. Bu uning xohishiga ko'ra bo'ladimi yoki klubning, farqi yo'q.

Klub bunday holatda bo'lganligi sababli u ko'p kutmasligi kerak deb gapirgandim. U barchasi juda yomon ekanligini tushungani yo'q. Aks holda u bu erga kelmagan bo'lardi.

U bu holatda jamoaga yordam bergani yo'q. Aksincha ishlarni yomonlashtirib yubordi. Agarda jamoa Yevropa ligasini olganida, balki, ayrim muammolarga niqob qo'yilgan bo'lardi. Biroq ularning muammolari o'tgan 97 daqiqada ko'rindi: kreativlik, kuch-g'ayrat, gollar yo'q, barchasi tartibsiz", - dedi Shirer.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Betfair