Alan Shirer: "Bu "Manchester Yunayted" uchun sharmandalik"

Mirjalol Normatov
24 dek 2023
Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Alan Shirer "Manchester Yunayted"ning hujum chizig'ini jiddiy tanqid qildi.

Mankunianliklar ushbu mavsum Premer-liganing 18 o'yinida 18ta gol urdi. Ligada faqatgina "Sheffild Yunayted" ulardan kamroq natija qayd etgan.

"APLning 18 o'yinida 18 gol - "Manchester Yunayted" uchun sharmanda! Erik ten Xag barcha o'yinlarda jamoa rejani bajarayotganini aytmoqda. Lekin jamoaning ushbu mavsumdagi o'yinlarini ko'rgan inson sifatida reja qandayligini bilmadim", - dedi Shirer.

Eslatib o'tamiz, MYU kecha "Vest Xem" maydonida 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoa ligada so'nggi 3 o'yinida birorta gol urmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Centre Devils