La Liga. Kamavinganing goli jamoalar o'n kishidan bo'lib qolgan "Alaves" - "Real" o'yinida madridliklarga g'alabani taqdim etdi, Mbappe o'ta qo'pol harakati sabab o'yindan chetlatildi

Alisher Ostonov
13 apr 2025
Ispaniya La Ligasi 31-tur doirasidagi "Alaves" - "Real" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yin taqdirini 34-daqiqada Federiko Valverdening uzatmasidan so'ng Eduardo Kamavinga urgan gol hal qildi.

38-daqiqada esa Kilian Mbappe raqibiga nisbatan o'ta qo'pol o'ynab, maydondan chetlatildi. Ammo, Manuel Sanches 70-daqiqada darvozabon bilan birga-bir chiqib kyetishi mumkin bo'lgan Vinisius Juniorni qo'pollik bilan to'xtatildi va qizil kartochka oldi.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia