Aleksandr Geynrix: “Tailandga qarshi uchrashuvda natija muhim emas”

Aziz Tukhtamuradov
6 iyun 2017
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi uchrashuv oldidan mashg'ulot o'tkazdi. Ushbu bahs oldidan terma jamoamiz hujumchisi Aleksandr Geynrix o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Tailand terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi JCH saralash 3-bosqichi doirasidagi Eronga qarshi uchrashuv oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Tailandga qarshi uchrashuvda natija muhim emas. Asosiysi Eronga qarshi bahs oldidan optimal formaga kirib olsak bo'lgani. Bu bilan Tailandga mag'lub bo'lsak ham bo'laveradi degani emas. Jahon chempionatiga bormoqchimizmi, demak bizda boshqa yo'l yo'q. 

Erondan faqat g'alaba bilan qaytishimiz kerak. Ko'pchilik muxlislar Eron terma jamoasining tarkibidan havotirlanayotgan emish. Futbolda familiyalar rol o'ynamaydi. Bizda ham kuchli futbolchilar bor. Biz ulardan qo'rqmaymiz. Faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Avvalgi saralash bosqichida Eron terma jamoasini o'z uyida mag'lubiyatga uchratgan edik. Bu safar ham mana shu natijani takrorlashga harakat qilamiz”, - deydi Aleksandr Geynrix.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia