Allegri: "Keza qorboboga xat yozmoqda"

Aslanov Jasurbek
29 noya 2021
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Salernitana"ga qarshi A Seriya o'yini arafasida Federiko Keza va Ueston Makkennilarning jarohatlari bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

"Keksa senorlar" ushbu futbolchilari dam olish kunlari "Atalanta"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"Makkennining jarohati jiddiy emas. Ammo Keza allaqachon qorboboga xat yozyapti. Biz uni tatildan keyin maydonda ko'ramiz", - dedi Allegri o'yinoldi matbuot anjumanida.

Ayni damda "Yuventus" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Turinliklar peshqadam "Napoli"dan 14 ochko ortda qolmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com