AQSH – O'zbekiston uchrashuvini gonduraslik hakam boshqarib boradi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2023
Sentyabr oyidagi FIFA kunlarida MTJ AQSHda yig'in o'tkazgan holda mezbon AQSH va Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishidan xabaringiz bor.

9 sentyabr sanasida bo'lib o'tadigan AQSH va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi. Uchrashuvni bosh hakam sifatida gonduraslik Nelson Salgado boshqarib boradi. Unga qanotlarda Limanuel Sola va Jairo Morales (Puerto-Riko) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Melvin Matamorosga (Gonduras) topshirilgan. 

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv "Siti Park" stadionida bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати