Argentina terma jamoasiga chaqirilganlar e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2018
Argentina futbol federatsiyasi Italiya va Ispaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlari uchun mamlakat terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Terma jamoadan chaqiruv olganlar safida Paulo Dibala, Mauro Ikardi kabi hujumchilar yo'q.

Darvozabonlar: Serxio Romero (Manchester Yunayted, Angliya), Nauel Gusman (Tigres, Meksika), Villi Kabalero (Chelsi, Angliya)

Himoyachilar: Gabriel Merkado (Sevilya, Ispaniya), Markos Roxo (Manchester Yunayted, Angliya), Ramiro Funes Mori (Everton, Angliya), Nikolas Talyafiko (Ayaks, Gollandiya), Nikolas Otamendi (Manchester Siti, Angliya), Federiko Fasio (Roma, Italiya), Fabrisio Bustos (Independente)

Yarim himoyachilar: Xaver Maskerano (Xebey Chayna Forchun, Xitoy), Markos Akunya (Sporting, Portugaliya), Lukas Bilya (Milan, Italiya), Ever Banega (Sevilya, Ispaniya), Leandro Paredes (Zenit, Rossiya), Eduardo Salvio (Benfika, Portugaliya), Manuel Lansini (Vest Xem, Angliya), Djovanni Lo Chelso, Anxel Di Mariya (ikkisi - PSJ, Fransiya), Diego Perotti (Roma, Italiya), Pablo Peres (Boka Xuniors), Maksi Mesa (Independente)

Hujumchilar: Lionel Messi (Barselona, Ispaniya), Gonsalo Iguain (Yuventus, Italiya), Serxio Aguero (Manchester Siti, Angliya), Kristian Pavon (Boka Xuniors), Lautaro Martines (Rasing)

Argentina terma jamoasi 23 mart kuni Italiya, 27 martda esa Ispaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFA