Arsenal Belerinning maoshini ikki baravarga oshirmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2016
Arsenal Manchester Siti va Barselona qiziqayotgan o'z himoyachisi Ektor Belerinni saqlab qolmoqchi.
Londonliklar 21 yoshli futbolchi Beleringa yangi 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqchi. Uning maoshi haftasiga 100 ming funtga yetishi mumkin.

Oldinroq Belerin Sitiga o'tishni istayotgani haqida xabar chiqqandi. Xosep Gvardiola Barselonada ushbu futbolchi bilan birga ishlagan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goal.com