Ashurmatov: "Husanov "Manchester Siti"ga o'tganidan keyin o'zgarib qolmadi"

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025
Eronning "Istiqlol" klubi safiga qo'shilgan himoyachi Rustam Ashurmatov qishda "Manchester Siti" futbolchisiga aylangan Abduqodir Xusanov haqida fikr bildirdi.

"O'zbekistonlik futbolchining APLga, ayniqsa, "Manchester Siti"ga yo'l olgani juda yoqimli bo'lgandi. Ushbu transfyerdan keyin Abduqodir o'zgarib qolgani yo'q. U juda kamtarin va uyatchan yigit", – dedi Ashurmatov "Chempionat" nashriga bergan intervyusida.

Futbolchining ishonchi komilki, Husanov hali o'sadi, chunki "Manchester Siti"da oldinga siljimaslikning iloji yo'q.

21 yoshli Husanov "shaharliklar" tarkibida 10 uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.com