

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyaliklar futbolchini klubning yangi vakili sifatida tanishtirish uchun barcha hujjatlarni tayyorlashmoqda.
"Atletiko" va "Real Sosedad" so'nggi ikki hafta davomida kelishuvni rasmiylashtirish ustida ishlashdi.
Oldinroq, transfer 30 mln. evro evaziga amalga oshishi e'lon qilingan edi.
Le Norman so'nggi mavsum "Sosedad" safida LaLiganing 29ta o'yinida maydonga tushib, 2ta gol urdi.



