Ayollar o'rtasidagi JCH. Nimchorak finalga qaysi terma jamoalar yo'l oldi?

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2019
Fransiya yashil maydonlarida ayollar o'rtasida sakkizinchi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning 1/8 finaliga yo'l olgan barcha terma jamoalarning nomi ma'lum bo'ldi. Demak, ular bilan tanishing:

22 iyun

Norvegiya – Avstraliya

Germaniya – Nigeriya

23 iyun

Angliya – Kamerun

Fransiya – Braziliya

24 iyun 

Shvetsiya – Kanada

Ispaniya – AQSH

25 iyun

Italiya – Xitoy

Gollandiya – Yaponiya

Eslatib o'tamiz, keyingi bosqich bahslari 27dan 29 iyunga qadar, yarim final o'yinlari 2 hamda 3 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Uchinchi o'rin uchun o'yin 6 iyul va hal qiluvchi uchrashuv esa 7 iyul sanasiga belgilangan.

Musobaqaning amaldagi g'olibi AQSH vakillari hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia