Bahrom Haydarov: Nematillo Quttiboev o'z xarakterini Aral jamoasiga singdira olmoqda

Khoja
25 okt 2024
Pro liganing 24-turidan o'rin olgan Qo'qon-1912 - Aral (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Juda qiyin uchrashuv bo'ldi. Aral oxirgacha o'ynaydigan jamoa. Jamoa doim tajovuzkor va oxirgacha harakat qiladi. Bu xislat ularga murabbiylari Nematillo Quttiboevdan o'tgan deb aytsam, mubolag'a bo'lmaydi. U ham futbolchilik faoliyatida doim oldinga harakat qilgan va har bir to'p uchun oxirgacha kurash olib borgan. Nematillo Quttiboev o'z xarakterini Aral jamoasiga singdira olmoqda. Shuningdek, nukusliklar sardori Salamat Quttiboevni o'yinlarini alohida ta'kidlab o'tish lozim. U shu yoshida ham yoshlarga o'rnak bo'lmoqda.

O'yin haqida gapirsak, o'yinda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Bo'lim so'nggida biroz xotirjamlikka berildik va gol o'tkazib yubordik. Shu sababli o'yin oxiri biroz asabiy o'tdi. O'yindagi harakatlarimizni hali to'liq o'rganib chiqamiz va xatolarimizni to'g'irlaymiz.

Bu turda Buxoro mag'lub bo'ldi va jamoalar o'rtasidagi farq 7 ochkoni tashkil qilmoqda...

Biz oxirgacha kurashamiz. Jamoa so'nggi to'rtta turda maksimal darajada ochko to'plashga harakat qilamiz. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia