"Barsa" futbolchisi Fransiyaga ketmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2025
"Barselona" vingeri Ansu Fati tez orada "Monako"da paydo bo'lishi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, klublar sotib olish imkoniyatini o'z ichiga olgan ijara shartnomasining so'nggi tafsilotlarini kelishmoqda. 

Ilgari xabar qilinganidek, futbolchining o'zi transferga rozilik bergan. O'yinchi francuz klubiga o'tishdan oldin shu haftaning o'zidayoq tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Fati o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 6 ta o'yin o'tkazdi, ammo maydonni golsiz tark etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano